Tahorat odoblari
Bolalarimiz bilishlari zarur bо̒lgan muhim saboqlardan yana biri tahorat odoblaridir.
Tahoratning ma’nosi tozalik, poklanish bо̒lib, qizlarimiz har yerda poklikka katta e’tibor berishlari kerak. Tahorat bizni Alloh taologa yaqinlashtiruvchi ibodatdir va namozimizning tо̒g̒ri bо̒lish shartidir.
Tahorat olayotgan paytda odatlanishimiz kerak bо̒lgan odoblarni keltiramiz:
1. Tо̒g̒ri niyat. Ya’ni, biz tahorat qilish bilan Alloh taoloning roziligini, Payg̒ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning sunnatlariga ergashishni va namozga tayyorgarlikni niyat qilamiz.
2. Allohning ismi bilan boshlash. Ya’ni, tahoratni boshlashda “Bismillah”ni aytamiz.
3. Tartibga rioya qilish.
4. Suvni isrof qilmaslik.
5. Har bir a’zoni tо̒liq yuvish. Shunday qilsak, tahoratdan oladigan ajrsavobimiz kо̒p bо̒ladi.
6. Tahorat paytida gapirmaslik va kulmaslik. Zarurat bо̒lsagina, gapiriladi.
7. A’zolarni yuvishda о̒ng tomondan boshlash. Payg̒ambarimiz sollallohu alayhi va sallam har bir ishni о̒ngdan boshlashni buyurganlar.
8. Tahoratda a’zolarni yuvishni uch martadan ziyoda ham, kam ham qilmaymiz.
9. A’zolarni yuvishda tartibga rioya qilamiz.
10. Qо̒l va oyoq barmoqlarini yuvayotganda oralariga suv kirishiga e’tibor beramiz.
11. Tahorat qilayotgan joyimiz ham pokiza bо̒lishi kerak.
12. Tahoratdan sо̒ng Payg̒ambarimiz alayhissalom о̒rgatgan “Ashhadu allaa ilaha illallohu vahdahu la sharika lah. Va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rosuluh. Allohummaj’alni minat tavvabiyn vaj’alni minal mutatohhirin”, deb duo qilamiz.
Adina SAYDAHMEDOVA
“Xadichai Kubro” ayol-qizlar о̒rta maxsus islom ta’lim muassasasi katta о̒qituvchisi
“Мўминалар” jurnalining 2020 yil, 4-sonidan