Ovqatlanish odoblari
Alloh taolo Qur᾿oni karimda bandalarini bunday ogohlantiradi: “Bas Alloh sizga rizq qilib bergan narsalardan halol-pok holida yeng. Va agar Unga ibodat qiladigan bо̒lsangiz, Allohning ne᾿matiga shukr qiling” (Nahl surasi, 114-oyat).
Qizlarimiz ovqatlanish odoblarini ham bilib olishlari kerak. Agar ovqat ilm о̒rganmoq, unga amal qilmoq va xayrli ishlarni bajarmoq niyati ila yeyilsa, ibodat о̒rniga о̒tadi.
Ovqatlanishning quyidagi odoblari bor.
1. Ovqatlanishdan avval ikki qо̒lni bо̒g̒imigacha uch marta yuvish sunnat.
2. Ovqat kamtarin holda о̒tirib yeyiladi, turib, yotib, biror narsaga suyanib yoki yurib yeyilmaydi.
3. Ovqat yeyishdan avval “Bismillahir rohmanir rohim” deyiladi. Bu boshqalarning ham esiga tushishi uchun sal balandroq ovoz bilan aytiladi. Agar ovqat avvalida Allohning ismini zikr etish unutilsa, “Bismillahi avvalahu va axirah” deyiladi.
4. Qorin ochganda ovqat yemoq sunnatdir. Kishi och qolganda ovqatga qо̒l uzatsa, juda ham tо̒yib ketmasdan oldin yeyishni tо̒xtatsa, hech qachon betob bо̒lmaydi.
5. Ovqatga ham hurmat kо̒rsatiladi. Yaxshi pishmagan ovqat yomonlanmaydi.
Og̒izga ovqat olinganda birov bilan gaplashilmaydi, ovqat shoshilmasdan, yaxshi chaynab yeyiladi.
6. Ovqatlanish vaqtida behuda gaplar aytilmaydi.
7. Dasturxon yozib ovqatlanish mustahabdir. Ilmli, taqvoli, yoshi ulug̒roq va ustozlardan oldin ovqatga qо̒l uzatilmaydi. Dasturxon atrofida о̒tirganlar ovqatga taklif etilib, sо̒ngra yeyiladi.
8. Ovqat umumiy idishdan yeyiladigan bо̒lsa, hamma о̒z oldidan olib yeydi.
9. Ovqat issiq holda yeyilmaydi. Issiq ovqatga puflanmaydi, soviguncha sabr qilinadi. Agar luqma tushib ketsa, tozalanib, keyin yeyiladi.
10. Ovqatlangandan sо̒ng dasturxondagi ushoqlar terib yeyiladi. Duo qilinmasdan turib ketilmaydi.
11. Ovqatlangandan sо̒ng idishlar yuvib tozalanadi.
12. Ovqatlangandan keyin ikki qо̒lni bо̒g̒imigacha uch marta yuvish, og̒izni chayish sunnatdir.
Adina SAYDAHMEDOVA, “Xadichai Kubro” madrasasi о̒qituvchisi
“Мўминалар” журналининг 2020 йил, 5-сонидан