Мақолалар

Xalo odoblari va hayo

Чоп этилди Yanvar 8, 2021 Xalo odoblari va hayoda fikr bildirishni o'chirish

Qizlarim, o‘rgangan har bir amalingiz hayotingiz davomida sizga hamroh bo‘ladi. Sizlarga xalo odoblari va hayo haqida so‘zlamoqchiman.

Xalo odoblariga quyidagilar kiradi:

– xaloga chap oyoq bilan kiriladi. Xaloga kirishdan avval “Allohumma inniy a’uzu bika minal xubsi val xabaais” duosini o‘qiydi;

– xaloga kirganda gapirish joiz emas;

– ko‘pchilik bolalar o‘ynab xaloda ko‘p qolib ketishadi. Xaloda ko‘p qolish kasallikka sabab bo‘lishi mumkin;

– qazoi hojatni qiblaga qarab bajarib bo‘lmaydi;

– Allohning ismi yozilgan narsa yoki Qur’oni karim bilan xaloga kirib bo‘lmaydi;

– xalodan chiqayotganda esa “G‘ufronaka” deyish zarur.

Hayo va uyalish

Hayo mavzusi ancha katta va kengdir. Ammo siz – qizlarimga qisqaroq, soddaroq qi-lib tushuntiraman. Qizlarimizning ibo-hayoli bo‘lishlari yaxshi fazilatlardan. Avvalo,

Allohdan, so‘ngra atrofdagilardan hayo qilish lozim. Uyda ota-ona, aka-ukalardan hayo qilishga odatlansangiz, bebaho ziynatga ega bo‘lasiz. Hozirgi kunda ba’zi qizlarimizning jamoat joyida o‘zlarini tutishi maqtarlik darajada emas.

Bu kabi holatlarning oldini olish uchun onajonlarimiz qizlarimizga o‘z vaqtida kerakli nasihatlarni berib borishsa, natijalar biz kutgandan ham a’lo bo‘ladi. Zero, axloqning boshi hayodir.

Biror noloyiq ish qilayotgan kishining yuzi xijolatdan, uyatdan qizaradi. Demak, u qalbi tirik, fitrati toza kishidir.

Hayo sababli insonda fazl ziyoda bo‘ladi. Bola ota-onasi oldida, o‘quvchi ustozlari oldida ovozini balandlatmasligi, ulardan ilgari qadam bosmasligi hamda ularni o‘zidan ustun qo‘yish kerak.

Habiba PO‘LATOVA,
Samarqand tumani otinoyisi

“Мўминалар” журналининг 2020 йил, 3-сонидан